Moliya xizmati ko’rsatish Qoidalari

UMUMIY QOIDALAR

«MIKROMOLIYA TASHKILOTI OASIS CREDIT» mikromoliya tashkiloti mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xorijiy korxonasining Moliya xizmati ko’rsatish Qoidalari (bundan keyingi o’rinlarda «Qoidalar» deyiladi) jismoniy va yuridik shaxslarga, yakka tadbirkorlarga shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (bundan keyingi o’rinlarda «Mijoz», Kompaniya bilan birga kelganda esa «Tomonlar» deyiladi) rasmiy ommaviy taklifi (ofertasi) hisoblanadi.

Qoidalar Kompaniya taklif etadigan, shu jumladan onlayn bajariladigan moliya xizmatini ko’rsatish tartibi va shartlarini belgilab qo’yadi hamda moliya xizmatidan foydalanganda Tomonlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.

Tomonlar o’rtasidagi munosabatlar ushbu Qoidalar va quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi:

Moliya xizmati ko’rsatish haqidagi Bosh shartnoma;

Alohida moliyaviy xizmatlar haqidagi shartnomalar (shu jumladan, kredit shartnomasi, mikroqarz shartnomasi va boshqa shartnomalar);

Ta’minlash shartnomalari (kafolat shartnomasi, garov shartnomasi, boshqa shartnomalar);

Mijoz ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqadi va 1.3-bandda aytilgan hujjatlarni imzolab/tasdiqlab Qoidalar bilan tanishganini va ularga rozi ekanini hamda Mijoz Kompaniyaga taqdim etgan ma’lumot ishonchli, to’g’ri va to’liq ekanini tasdiqlaydi.

ATAMALAR, TA’RIFLAR VA QISQARTMALAR

– Bosh shartnoma – Tomonlar imzolaydigan va kredit berishdagi asosiy cheklashlar bilan bir qatorda moliya xizmatining boshqa ahamiyatli shartlarini belgilab qo’yadigan hujjat. Ushbu Qoidalar Bosh shartnomaning ajralmas bir qismi hisoblanadi.

– Imtiyozli davr – Kredit asosiy qarzi qaytarilmaydigan va/yoki Kreditdan foydalangani uchun foiz olinmaydigan yoki shartnomada yozilgan vaqtinchalik boshqa alohida shartlar qo’llanadigan davr.

– Qonunchilik – qo’llanadigan qonun hujjatlari va me’yorlar hamda O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimiga qo’shilgan xalqaro kelishuv va shartnomalar majmuasi.

– Qarz oluvchi –moliya xizmati ko’rsatiladigan Mijoz.

– Garov – Kredit bo’yicha o’zining hozirgi yoki keyingi majburiyatini ta’minlash uchun Mijoz Kompaniyaga topshiradigan ko’chadigan yoki ko’chmas mulk.

– Garov beruvchi – Mijoz olgan Kredit majburiyatini ta’minlash uchun Kompaniyaga garov beradigan jismoniy yoki huquqiy shaxs (Mijoz yoki uchinchi shaxs).

– Kredit – Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomalarga ko’ra Kompaniya Mijozga bergan kredit, mikrokredit, mikroqarz yoki iste’mol krediti ko’rinishidagi kredit mablag’i (yoki boshqa kredit mahsulotlari).

– Mikroqarz – haqini to’lash, vaqtida uzish va qaytarish sharti bilan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan maqsad uchun jismoniy shaxsga beriladigan pul mablag’i.

– Mikrokredit – qaytarish, to‘lovning ta’minlanganligi, muddatliligi shuningdek, kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanish shartlari bilan qarz oluvchiga – tadbirkorlik sub’ektiga yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga taqdim etiladigan pul mablag’i.

– Iste’mol krediti – haqini to’lash, vaqtida uzish va qaytarish sharti bilan iste’mol ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida tovar (ish, xizmat) sotib olishi uchun jismoniy shaxsga (iste’molchiga) beriladigan kredit.

– Kredit shartnomasi – Kredit berish haqida Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnoma. Kredit shartnomasi Bosh shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi (Tomonlar o’rtasida Bosh shartnoma tuzilgan bo’lsa). Bu shartnoma shartlari orasida qarama-qarshilik bo’ladigan hollarda Kredit shartnomasidagi shartlar ustun huquqqa ega hisoblanadi.

– Kreditni qaytarsh imkoniyati – Qarz oluvchining Kredit bo’yicha olgan majburiyatini (asosiy qarz va foizlarni) to’liq va vaqtida bajarishga imkoniyati borligi.

– Ma’lumot markazi (Call-центр) – mijozlardan keladigan qo’ng’iroqlarni qabul qilib va ishlaydigan, Kompaniya mahsuloti va xizmatlari haqida ma’lumot beradigan hamda Mijozlarga xizmat qilish maqsadida Kompaniya belgilab beradigan boshqa xizmatlarni bajaradigan Kompaniya bo’linmasi yoki xizmati.

– Asosiy qarz – Mijoz olgan kreditlar summasidan iborat bo’lgan (foiz hisoblanmagan) va hali qaytarilmagan Mijoz Kompaniyadan qarzdorligining bir qismi.

– Shaxsiy ma’lumot – elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy vositada turadigan, ma’lum bir jismoniy shaxsga oid yoki uning kimligini bilish imkonini beradigan ma’lumot.

– Kafillik– qarz oluvchi kredit majburiyatini bajarmagani uchun javobgarlikning bir qismi uchinchi shaxs – kafilga o’tadigan Kreditni ta’minlash usuli.

– Uchinchi shaxs – O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Mijoz va Kompaniyadan tashqari istalgan bir jismoniy yoki huquqiy shaxs.

– O’zR – O’zbekiston Respublikasi.

MOLIYA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH SHARTI VA TARTIBI

Ushbu Qoidalar Mijoz va Kompaniya o’rtasidagi moliyaviy xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq munosabatlarni, Mijoz tomonidan mikrokredit, mikroqarz, kredit olish (bundan keying o’rinlarda umumiy “Kredit” tushunchasi ishlatiladi) lizing, kafolatlar, faktoring xizmatlari va islomiy moliya xizmatlari, iste’mol kredit olish, hamda mikromoliyalashtirish bilan bog’liq hisoblar ochish, ularni yuritish va berkitish xizmatlari, Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat bilan bog’liq konsalting va axborot xizmatlarini ko’rsatishni tartibga soladi.

Kreditning umumiy shartlari shu bandda belgilanadi, uning alohida shartlari esa Tomonlar o’rtasida tuziladigan alohida Kredit shartnomasida belgilab qo’yiladi.

 

Kreditning turlari

 

 

– Kompaniyaning https://oasis.uz/  manzilidagi saytida yozilgan

 

 

Kreditning maksimal miqdori/chegarasi

 

 

– Mikroqarz: 30 million so’mdan oshmaydigan miqdorda

– Iste’mol krediti: 30 million so’mdan oshmaydigan miqdorda

– Mikrokredit: 300 million so’mdan oshmaydigan miqdorda

– Kredit: maksimal miqdori individual ravishda belgilanadi

 

 

Kredit beriladigan maksimal muddat

 

 

– Mikroqarz: 18 oydan oshmaydigan miqdorda

– Iрste’mol krediti: 18 oydan oshmaydigan miqdorda

– Mikrokredit: 48 oydan oshmaydigan miqdorda

– Kredit: 60 oydan oshmaydigan miqdorda

 

 

Kredit berilgan sana

 

 

– Qarz oluvchining Kompaniyadagi ssuda hisobiga pul o’tkazilgan kun

 

 

Kredit berishga asos

 

 

– Qarz oluvchining Kredit so’ragan arizasi (kredit olishga ariza)

 

 

Foiz stavkasining turi

 

 

– O’zgarmas

 

 

Foiz stavkasini hisoblash usuli

 

 

– Foiz Mijozning Kompaniya oldidagi uzilmagan majburiyatiga hisoblanadi va yiliga 365 kun olinib Kreditdan haqiqatda foydalangan kunlarga hisoblab chiqariladi.

 

 

Kreditni qaytarish usuli

 

 

– Har oy bir hil to’lov (annuitet to’lov) bilan qaytariladi

– Imtiyozli davrni belgilash imkoniyati bo’ladi.

 

 

Kreditni qaytarish navbati

 

 

– Penya, jarima va boshqa jarima to’lash turlari

– Kreditdan foylangani uchun foiz to’lash vaqtini o’tkazib yuborish

– Asosiy kreditni qaytarish to’lovi vaqtini o’tkazib yuborish

– Kreditdan foydalangani uchun hisoblangan foizlarni to’lash maqsadida bo’ladigan joriy to’lovlar

– Asosiy qarzni qaytarish uchun bo’ladigan joriy to’lovlar

 

 

Kredit qaytariladigan sana

 

 

– Kredit majburiyati miqdoridagi mablag’ Kredit beruvchining tegishli hisobiga kelib tushgan kun.

– Agar Kredit qaytariladigan sana dam olish, bayram yoki boshqa ish bo’lmaydigan kunga to’g’ri kelsa hamma to’lovlar keyingi ish kuni o’tkazilishi kerak.

 

 

Qarz oluvchining o’rniga Kreditni qaytarish huquqi

 

 

– Istalgan bir uchunchi shaxs, shu jumladan Kafil va/yoki Garov beruvchi

 

 

Kreditga beriladigan garov

 

 

– Avtotransport, jihozlar, tijorat va/yoki turarjoy binosi

 

 

Garovni rasmiylashtirish xarajati

 

 

– Qarz oluvchi va/yoki Garov beruvchi to’laydi

 

Kredit quyidagi shartlar bajarilganda beriladi:

– Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli Kredit olish uchun Kompaniya belgilab qo’ygan talablarga to’g’ri keladi;

– Qarz oluvchi, uning Kafillari, Garov beruvchilari Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomani bajarish uchun zarur bo’ladigan ishonchli va to’liq ma’lumot va/yoki hujjatlarni tegishli ko’rinishda va belgilangan muddatda taqdim etish borasidagi Kompaniya talablarini bajarishdi;

– Kredit berish haqida qaror qabul qilganda Qarz oluvchining Kompaniyaning xabari bo’lmagan uchinchi shaxslardan qarzi yo’q;

– Qarz oluvchining, Kafillarining, Garov beruvchilarining Kredit berish haqida qaror qabul qilganda Kompaniyaning xabari bo’lmagan sudda hal qilinayotgan yoki boshqa nizolari, jinoyat ishlari, o’zga majburiyati va salbiy jihatlari yo’q.

Kredit olish uchun Qarz oluvchi Kompaniyaga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

– Kredit olishga ariza;

– O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, yoki O’zbekiston Respublikasining qonuniy rezidentligini tasdiqlovchi boshqa hujjat (jismoniy shaxslar).

– Kredit olishdan oldingi hisobot davriga tuzilgan Qarz oluvchining buxgalterlik balansi (huquqiy shaxslar).

– Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko’ra ta’sischilar umumiy yig’ilishi yoki shu masalada qaror qabul qilishga vakolati bor boshqa organning Kredit olish haqidagi bayonnomasi (huquqiy shaxslar);

– Kompaniyaning o’zi ro’yxatini mustaqil belgilab qo’yadigan va Kredit berish haqida qaror qabul qilishdan oldin Mijozga ma’lum qiladigan boshqa

Mijoz Kompaniyaga topshiradigan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari hamda Kompaniyaning o’zi ishlab chiqqan talablarga mos bo’lishi kerak.

Mijoz kredit olishga ariza berib, zarur hujjatlarni topshirganidan so’ng Kompaniya 3 ish kunidan kechiktirmay Kredit berishga qaror chiqaradi yoki sababini ko’rsatib rad javobini beradi.

Kompaniya Qarz oluvchiga beradigan Kredit quyidagi ko’rinishda bo’ladi:

Jismoniy shaxslarga – naqd pulda beriladi, Qarz oluvchining plastik kartochkasiga yoki Qarz oluvchining kredit olishga yozilgan arizasida ko’rsatilgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga pul o’tkaziladi.

– Qarz oluvchi qarzni qaytarish uchun to’lovni, foiz va penyani Kredit beruvchining kassasiga naqd/naqdsiz pul to’lab/uning hisob raqamiga pul o’tkazib bajaradi. Qarz oluvchi asosiy qarz summasini va/yoki foizlarni hamda Kredit shartnomasi bilan bog’liq boshqa xarajatni elektron to’lov tizimlari orqali ham o’tkazishi mumkin. Shu bilan birga Mijoz elektron to’lov tizimlari oladigan komissiya haqini o’zi to’lashi kerakligini ham tushunadi.

Huquqiy shaxslarga – pul Kredit shartnomasida ko’rsatilgan Qarz oluvchining hisob raqamiga o’tkaziladi.

– Asosiy qarz va unga to’lanadigan foiz Qarz oluvchining hisob raqamidan yoki Qarz oluvchi O’zbekiston Respublikasida ochgan boshqa bir hisobdan ushbu Shartnomada ko’rsatilgan Kredit beruvchining hisobiga pul o’tkazib qaytariladi.

– Kredit shartnomasidagi majburiyati va Kreditorning Moliya xizmat ko’rsatish qoidalarini to’liq bajarganidan so’ng Kreditor 1 (bir) ish kuni ichida Qarz oluvchiga Kredit berish majburiyatini oladi.

– Kompaniya Kredit ta’minlanishini talab qilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va ushbu shartnomada (garov shartnomasi, kafillik shartnomasida) ko’rsatilgan majburiyat ta’minlanishini topshirganidan so’ng Qarz oluvchiga kredit summasi beriladi.

Yakka tadbirkorlarga shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga – naqd pulda yoki Kredit shartnomasida ko’rsatilgan Qarz oluvchining hisob raqamiga pul o’tkazib beriladi.

– Kompaniya quyidagi hollarda Qarz oluvchiga Kredit berishni bir tomonlama to’liq yoki qisman rad etishi, shu jumladan, Kredit shartnomasi yoki Ta’minlash shartnomasi tuzilgan bo’lsa ham mablag’ berishni to’xtatib qo’yishi, shuningdek, olingan Kreditni vaqtidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli bo’ladi:

– Mijoz Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma majburiyatini bajarmasa/lozim darajada bajarmasa, shu jumladan, olingan Kredit majburiyatini bajarish muddatini 30 (o’ttiz) kalendar kunidan ortiq kechiktirgan bo’lsa;

– Mijoz 2.3 va 2.4-bandlarda ko’rsatilgan ma’lumotni berkitgan, noto’g’ri yoki noto’liq ma’lumot bergan bo’lsa.

– Kredit berishga qaror qilinganda e’tiborga olingan Mijozning kreditni qaytarish imkoniyatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashish xavfini paydo qiladigan holat bo’lsa yoki shunday holat yuzaga kelsa;

– O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari Kompaniya mikromoliya xizmati ko’rsatishni, xususan, kredit berishini ta’qiqlaydigan, cheklaydigan, jiddiy qiyinlashtiradigan yoki maqsadga muvofiq qilmaydigan qaror qabul qilsa.

– Kompaniyaning olingan Kreditni vaqtidan oldin qaytarish haqidagi talabi (bundan keyingi o’rinlarda «Talab» deyiladi) yozma rasmiylashtiriladi va Kompaniyaning ixtiyoriga ko’ra Qarz oluvchining qo’liga topshiriladi yoki pochtadan jo’natiladi.

– Mijoz Kompaniya tuzilgan shartnomalarda yozilgan, Kompaniyaning ma’lumot onborida va/yoki “Kredit axborot tahlil markazi” Kredit byurosi” MCHJ (bundan keyingi o’rinlarda “Byuro” deyiladi) ma’lumot onborida, Davlat kredit ma’lumoti reyestrida (Garov reyestrida) yoki ma’lumot berish bilan shug’ullanadigan boshqa tashkilotda, shu jumladan, moliya tashkilotlarida, mobil operatorlar va boshqalarda saqlanadigan o’zi haqidagi shaxsiy ma’lumotni ishlashiga rozi bo’ladi va shunga vakolat beradi.

– Bunday shaxsiy ma’lumot kreditni qaytarishga imkoniyati borligini bilish uchun ishlanadi hamda O’zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq operator, shaxsiy ma’lumot yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi uchun ochiq bo’ladi.

TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Mijozning huquqi:

Moliya xizmatini olish, undan foydalanish yoki ushbu Qoidalar, alohida tuziladigan Bosh shartnoma va Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan tartib va shartlarga muvofiq istalgan bir moliya xizmati olishni rad etishi mumkin;

Bepul asosda, Kredit shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab 14 (o’n to’rt) kalendar kuni ichida Kompaniyaga qog’ozda yoki elektron xabar jo’natib Kreditning foydalanmagan qismidan voz kechishi mumkin. Shunday bo’lganda Mijoz keyingi 2 (ikki) kalendar kuni ichida Kredit bo’yicha hamma majburiyatini to’lashi shart;

Olingan Kredit bo’yicha qarzini to’liq yoki qisman vaqtidan oldin qaytaradi;

Kredit shartnomasidagi Kredit, foiz va boshqa to’lovni to’lash vakolatini uchinchi shaxsga topshiradi;

O’zining huquq va majburiyatlari haqida to’liq va ishonchli ma’lumot oladi, shu jumladan, Kompaniyaning moliyaviy xizmati bilan bog’liq qanday xarajatlar bo’lishini biladi.

Mijozning majburiyati:

Ushbu Qoidalar hamda alohida tuziladigan shartnomalar (Bosh Kredit shartnomasi, ta’minlash, garov va hk.) bilan belgilab qo’yilgan Kredit majburiyatini vaqtida va to’liq bajaradi.

Moliya xizmatidan foydalanish va Kredit majburiyatini bajarish uchun zarur, shuningdek, Kompaniya O’zR qonunchiligida belgilab qo’yilgan jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirish (tozalash), terrorchilikni moliyalash va ommaviy qirg’in qurollar tarqalishini moliyalash oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi o’z vakolatini lozim darajada bajarishi uchun kerak bo’ladigan ma’lumot va/yoki hujjatlarni vaqtida va to’liq Kompaniyaga taqdim etadi.

Quyidagilarni bajarishdan oldin Kompaniyaning roziligini oladi:

– Mijozning Kredit bilan bog’liq majburiyati uchinchi shaxsga o’tishi mumkin bo’lgan harakatni amalga oshirish.

Quyidagi hollarning birortasi sodir bo’lganda va shunday hol sodir bo’lgandan so’ng 3 (uch) kalendar kunidan kechiktirmay Kompaniyaga qog’ozda yoki elektron xabar jo’natadi:

– Mijoz faoliyati tugatilsa yoki o’zgarsa:

– Mijozning shaxsiy ma’lumoti o’zgarsa (FIO, haqiqatda va/yoki ro’yxatga olingan yashash joyi, bog’lanadigan telefon raqami va hk.), shuningdek Kredit shartnomasi va Bosh shartnoma tuzilganda Mijoz Kompaniyaga bergan ma’lumot va hujjatlarda o’zgarish bo’lsa;

– Garovning holati yomonlashsa.

Kompaniya Kreditni vaqtidan oldin qaytarish haqida Talabni topshirgan yoki jo’natgan kundan boshlab 10 (o’n) kalendar kuni ichida Kreditning qolgan hamma qismini vaqtidan oldin qaytaradi.

Mijoz Kompaniyaga Bosh shartnoma va Kredit shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik, foizlar va/yoki boshqa to’lovlarni to’lash muddati kelganida Mijozning O’zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan har qanday hisobvaraqlaridan pul mablag’larini aktseptsiz, mutlaq, so’ssiz va nizosiz hisobdan chiqarish huquqini beradi.

Mijoz ushbu Qoidalar va alohida tuzilgan shartnomalar (Bosh shartnoma, Kredit shartnomasi, ta’minlash va hk.) bilan belgilab qo’yilgan Kredit majburiyatini buzishi munosabati bilan yuzaga kelgan zarar va xarajatni, shu jumladan, Kompaniyaning Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasi amal qilgan davrdagi va/yoki ular bilan bog’liq huquqini himoya qilishga tegishli xarajatini to’liq to’lab beradi/o’rnini qoplaydi.

Olingan kreditni faqat Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasi shartlarida ko’rsatilgan maqsadga muvofiq ishlatadi.

Kompaniya shuni talab qilsa va ta’minlash haqidagi shartnomalarda shu shart yozilgan bo’lsa Kreditni ta’minlash uchun berilgan ko’chadigan va/yoki ko’chmas mulkni kredit amal qiladigan muddatga, oldin Kompaniya bilan kelishib, moliyaviy barqaror sug’urta tashkilotida mavjud xavf turlaridan sug’urta qiladi. Bunday holda sug’urta shartnomasida foyda oluvchi sifatida Kompaniya ko’rsatiladi.

Kompaniyaga moliyaviy holatini, turar joyini, Kredit shartnomasiga ko’ra garovga qo’yilgan mulki haqiqatda mavjudligini tekshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Mijoz (to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita) quyidagilarga majburdir:

– Mijoz xodimlari va/yoki ijrochilarning (keyingi o’rinlarda “Xodim”/“Xodimlar” deb yuritiladi) birlashish va jamoa shartnomalarini tuzish huquqini cheklovchi harakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek Mijoz Xodimlarining birlashish va jamoa shartnomalarini tuzish huquqidan foydalanganligi munosabati bilan yuqorida ko ‘rsatib o’ tilgan shaxslarga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan chetlashtirish, lavozimini pasaytirish, “qora ro’yxat” ga kiritish yoki xodimni boshqa ishga o ‘tkazish kabi ta’sir choralarini qo’llamaslik;

– mehnat sharoitlarini, eng kam ish haqi miqdorini, ish vaqtini, muhofazasi va xavfsizlik texnikasini, shuningdek voyaga yetmagan shaxslarni ishga qabul qilishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilish;

– har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

– rasmiy yoki norasmiy ravishda o‘n besh 15 (o‘n besh) yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 118-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, hamda 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lmagan shaxslarni zararli yoki xavfli mehnat sharoitlarida ishlashga jalb qilmaslik;

– o‘z Xodimlariga o‘z vaqtida ish haqini to ‘liq miqdorda to’ lash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ortiqcha ish vaqtida qo ‘shimcha to’ lovlar va ustamalar to‘lash;

– Xodimlardan haftasiga 40 soatdan ortiq (ortiqcha ish vaqtidan tashqari) ishlashni talab qilmaslik va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Xodimlarga haftalik dam olish imkoniyatini kafolatlash;

– O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga rioya qilish va uni buzmaslik.

Mijoz Kompaniyaning istisnolar ro’yhatiga muvofiq taqiqlangan faoliyatni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi.

Kompaniyaning huquqi:

O’z xohishiga ko’ra va sababini ko’rsatib Mijozga har qanday moliya xizmati ko’rsatishni rad etadi;

Bosh shartnoma va Kredit shartnomasiga muvofiq Mijoz o’ziga olgan majburiyatni ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz moliya xizmati ko’rsatadi;

Mijoz ushbu Qoidalar yoki alohida tuzilgan shartnomalardagi (Bosh shartnoma, Kredit shartnomasi, ta’minlash va hk.) biror majburiyatini buzgan taqdirda Mijozdan pul majburiyatini vaqtidan oldin to’liq yoki qisman bajarishini talab qiladi.

Mijozga Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan neustoyka va/yoki boshqa jarimalar qo’llanishi, hisoblanishi va Mijoz ularni to’lashidan voz kechadi.

Mijozning moliyaviy ahvolini tekshiradi, uning kreditni qaytarishga imkoniyati borligini, ta’minotining holatini, Mijoz, unung Kafillari, Garov beruvchilari majburiyatlarini bajarishi mumkinligini o’rganadi.

Mijozdan moliyaviy ahvoli va to’lovga imkoniyati borligini tasdiqlaydigan hujjatlarni so’raydi.

Garov beruvchi garovga berilgan mulkni yaroqsiz holatga keltirgan yoki uning holatini bozor narxiga jiddiy ta’sir qiladigan va Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasida ko’rsatilgan Kompaniyaning moliyaviy talabini qanoatlantirmaydigan darajada ancha yomon qilgan bo’lsa Mijozdan qo’shimcha ta’minlash berishni yoki uni almashtirishni yoki esa Kredit summasini vaqtidan oldin qaytarishini talab qiladi.

Mijoz Kredit asosiy summasini, hisoblangan foizlarni vaqtida to’lab turmasa qonun ruxsat etadigan barcha va zarur vositalarni ishga solib, shu jumladan, qarzga berilgan mablag’, hisoblangan foizlar va Kompaniya boshqa xarajati o’rnini qoplash maqsadida garovga qo’yilgan mulkni undirish masalasida murojat qiladi va Mijoz Kredit shartnomasidagi majburiyatini bajarishi chorasini ko’radi. Agar garovga qo’yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag’ Kompaniya talabini qoplash uchun kamlik qiladigan bo’lsa yetmayotgan mablag’ni Mijozning boshqa mulkidan undirishga haqli bo’ladi.

“Jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirishga, terrorchilikni moliyalashga va ommaviy qirg‘in quroli tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq jismoniy (huquqiy) shaxsni identifikatsiya qilish uchun zarur choralarni ko’radi (operatsiyalarni to’xtatib qo’yish, to’xtatib turish va hk.).

Kompaniya o’zining xizmat standartlariga mos ishlashini bilish uchun, Mijoz va/yoki uning Kafili, Garov beruvchisini suhbat yozib olinishi haqida oldindan ogohlantirib tomonlar o’rtasida bo’ladigan telefon qo’ng’iroqlarini yozib oladi.

Quyidagi hollarda Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasini bir tomonlama bekor qiladi va Kredit summasini vaqtidan oldin qaytarishni hamda Kredit shartnomasi bilan ko’zda tutilgan foizlar bilan penya to’lanishini, Kompanyaga yetkazilgan zarar qoplanishini talab qiladi:

– Kredit shartnomasi tuzilgan vaqtdan so’ng bir oy ichida Mijoz Kreditdan foydalanmagan bo’lsa.

– Mijoz Kredit shartnomasida ko’rsatilgan ta’minlashni taqdim etmasa;

– To’lash vaqti kelganidan so’ng 30 (o’ttiz) kundan oshiq muddat ichida Mijoz Kredit summasini va hisoblangan foizlarni to’lash borasida o’ziga olgan majburiyatni bajarmasa;

– Mijoz yo’qolgan, narxi arzonlashgan yoki egalik huquqi o’zgargan kredit ta’minotini almashtirish yoki qo’shimcha kredit ta’minoti berish haqidagi hamda Garov shartnomasi yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi ko’zda tutadigan boshqa hollarda Kompaniya talabini bajarmasa;

– Mijozning moliyaviy ahvoli yomonlashsa va Kompaniya uni to’lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etsa;

– Mijoz yoki Garov beruvchi uchinchi shaxs kreditni ta’minlash uchun garovga berilgan mulkni lozim darajada saqlash majburiyatini bajarmagan bo’lsa;

– Mijozdan to’lovga qobiliyatsiz (bankrot) ekanini e’tirof etish talab qilingan va Mijoz shundan talab yoki qaror borligi haqida zuldik bilan Kompaniyaga xabar bermagan bo’lsa;

– Kredit summasini vaqtida qaytarishga to’sqinlik qiladigan holat yuzaga kelsa;

– ushbu Qoidalarning 3.2.11, 3.2.12-bandi buzilgan taqdirda.

– O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi nazarda tutadigan boshqa hollarda.

Kompaniya quyidagilarni bajarish majburiyatini oladi:

Mijoz so’raganda moliyaviy xizmat ko’rsatish sharti va tartibi haqida ma’lumot beradi, qanday hujjatlar kerakligini, shartnomalar tuzish va ularni ijro qilish qoidalarini, Kredit majburiyatini bajarish va Kredit haqidagi boshqa tafsilotni ma’lum qiladi.

O’zR qonunchiligi va/yoki xalqaro qonunchilik me’yorlari oshkor qilishni talab etadigan hollarni istisno qilganda Mijoz haqidagi sir saqlanadigan ma’lumot saqlanishi va oshkor bo’lmasligini ta’minlaydi.

Ushbi Qoidalar hamda alohida tuziladigan Kredit shartnomasi va Bosh shartnoma me’yorlariga muvofiq (agar tuzilgan bo’lsa) Qarz oluvchiga moliya xizmatini ko’rsatadi.

Qarz oluvchining lozim darajada bajarilgan pul majburiyatini qabul qiladi.

Mijoz Kredit shartnomasidagi majburiyatini bajarmagan yoki lozim dajarada bajarmagan taqdirda qonunchilik belgilagan tartibda garovga qo’yilgan mulki va qarzdorning boshqa mulkini undirish jarayoni boshlangani haqida Mijozga xabar beradi.

Bir Tomonning har bitta huquqiga boshqa Tomonning har bitta majburiyati mos bo’lishi chorasini ko’radi. Shu bilan birga Qoidalarda yozilgan huquq va majburiyatlar yakuniy hisoblanmaydi, Tomonlarning Bosh shartnoma, Kredit shartnomasi va O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi me’yorlaridan kelib chiqadigan boshqa huquq va majburiyatlari ham bo’ladi.

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

O’zR qonunchilik talablari, ushbu Qoida shartlari va alohida tuziladigan Bosh shartnoma hamda Kredit shartnomasiga muvofiq Tomonlar o’zlariga olgan majbiriyatni lozim darajada bajarmaganlik uchun javob berishadi.

Kredit bo’yicha pul majburiyatini qaytarish muddatini buzgani uchun Qarz oluvchi Kredit shartnomasida ko’rsatilgan miqdorda penya to’laydi.

Penya qaytarilmagan qarz summasidan olinib har bir kechikkan kun uchun, qarz to’liq qaytarilgan kunni ham qo’shib hisoblanadi.

Agar O’zR qonunchiligi bilan ma’lum shaxslar to’laydigan penyaning maksimal miqdori cheklab qo’yilgan bo’lsa bunday shaxslar uchun penya O’zR qonunchiligida belgilangan maksimal miqdordan oshirmay hisoblanadi.

Agar to’xtatib bo’lmaydigan kuch bilan bog’liq vaziyat qarz majburiyatini bajarish muddati o’tgandan so’ng yuzaga kelgan bo’lsa Qarz oluvchi majburiyatini vaqtida bajarmagani uchun javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Umumiy summasi bir yilda olingan qarz miqdorining yarmidan ko’pini tashkil qiladigan moliya xizmati ko’rsatish shartnomalariga foiz hisoblash, komissiya to’lovi olish, neustoyka (jarima, penya) undirish va boshqa javobgarlik choralarini ko’rish ta’qiqlanadi.

Neustoyka (jarima, penya) to’lanishi Tomonlarni Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan Tomonlar bajarishi kerak bo’lgan majburiyatdan ozod qilmaydi.

Kompaniya quyidagilar uchun javob bermaydi:

To’xtatib bo’lmaydigan kuch natijasida, shu jumladan quyidagilar sabab ushbu Qoidalar va alohida tuzilgan Bosh shartnoma va Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan majburiyatini bajarolmasa yoki lozim darajada bajarolmasa: elektr energiya o’chib qolishi, aloqa liniyalari shiksatlanishi, yong’in chiqishi va Kompaniyaning irodasidan tashqaridagi boshqa voqealar bo’lishi. Yuqorida aytilgan vaziyat va uning oqibati to’xtashi bilan Kompaniya Qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnomadagi majburiyatini bajarishga kirishadi.

Tijorat va bank siri hisoblanadigan axborot oshkor bo’lgani bois yetkazilgan zarar va boshqa salbiy oqibat uchun, agar Kompaniyaga bog’liq bo’lmagan sabab tufayli Qarz oluvchi haqidagi bunday shaxsiy ma’lumot uchinchi shaxslarga oshkor bo’lsa.

Kompaniya nazorat qiladigan doiradan tashqarida biror vaziyat sodir bo’lsa, masalan, davlat hokimiyati organlari, Markaziy Bankning harakati, qarorlari, elektr ta’minotida muammo bo’lishi, kommunikatsiyalar uzilishi, ish tashlashlar bo’lishi yoki Kompaniya xizmatidan foydalanadigan uchinchi shaxslarning harakati.

YAKUNIY QOIDALAR

Kompaniya bilan Mijoz o’rtasidagi aloqa og’zaki, yozma, elektron ko’rinishda yoki Ma’lumot markazi orqali bo’lishi mumkin.

Bir Tomon boshqa Tomonga jo’natadigan yozma xabarda Kredit olishga yozgan Arizada va/yoki Bosh shartnoma va Kredit shartnomasida ko’rsatilgan bog’lanish ma’lumoti yoziladi hamda xabar chopar (shu jumladan buyurtma xat bilan) shaxsan qo’liga topshiriladi, elektron pochtadan, mobil aloqa bilan (qisqa xabarlar xizmatidan), mobil ilova va/yoki Kompaniyaning o’zi keyinchalik belgilab qo’yadigan va quyidagi shartlar bajarilishi kerak bo’lgan boshqa aloqa vositalari bilan jo’natiladi:

– Mijoz Kompaniy nomiga shaxsan yoki chopar bilan jo’natgan xabarga Kompaniya devonxonasi kelish raqamini qo’yib ro’yxatga olgandan keyingina xabar yetkazib berilgan deb hisoblanadi.

Elektron pochtadan jo’natilgan xabar Kompaniya xabar olganini tasdiqlab javob yuborgan kuni olingan deb hisoblanadi.

Kompaniya Mijoz nomiga jo’natgan xabar (shu jumladan, buyurtma xat ham) Mijozga topshirilgan kuni yetkazib berilgan, deb hisoblanadi, lekin agar xabar yetkazib berilganining tasdig’i bo’lmasa keyingi kalendar kuni, ya’ni xabar Mijoz ko’rsatgan rasmiy manzilda turadigan boshqa bir insonga topshirilganda, xabar yetkazib berilgan, deb hisoblanadi.

Kompaniya Mijozga elektron pochtadan jo’natgan xabar Mijoz serveridan xabar yetkazilgani haqida rasmiy tasdiq olingan kuni topshirilgan, deb hisoblanadi. Agar bunday tasdiq olinmasa jo’natilgan kunning ertasi xabar egasiga yetkazib berilgan deb hisoblanadi.

Kompaniya Mijozga mobil aloqa bilan (shu jumladan, qisqa xabarlar xizmatidan) yoki keyinchalik Kompaniyaning o’zi belgilab qo’yadigan boshqa usul bilan jo’natgan xabarlar jo’natilgan kunning ertasi yetkazib berilgan deb hisoblanadi.

Ushbu Qoidalarga biror o’zgartirish qo’shiladigan bo’lsa Kompaniya o’zgarish yoki qo’shimcha kuchga kirishidan kamida 10 (o’n) kalendan kuni oldin bu haqda Mijozga xabar berish majburiyatini oladi. Bunday xabar xat bilan yuboriladi yoki shartnomada ko’rsatilgan Mijozning mobil telefon raqamiga SMS jo’natiladi, shuningdek oasis.uz manzilidagi Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon beriladi.

Agar 10 (o’n) kalendar kuni ichida Mijoz Qoidalarga qo’shilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga qarshi ekanini ma’lum qilmasa yoki e’tirozi borligini aytmasa Mijoz o’zgartirishlarni qabul qilgan deb hisoblanadi.

Ushbu bilan Mijoz Kompaniyaning Sir saqlash siyosatiga hamda faqat shularning o’zi bilan cheklanmay quyidagilarga ham rozi ekanini ma’lum qiladi:

– Shaxsiy ma’lumot ishlanishiga, shu jumladan Kompaniya moliya xizmati ko’rsatish uchun, aynan esa Mijozning moliyaviy va mulkiy ahvolini, Mijoz uchinchi shaxslar bilan qanday ishlaganini tekshirish, bundan tashqari, Kompaniya statistik va/yoki marketing tadqiqotini o’tkazish va/yoki Kompaniya va uning hamkorlarining yangi mahsuloti/xizmatlari haqida ma’lumot berish uchun zarur bo’ladigan shaxsiy ma’lumot ishlanishiga rozi bo’ladi.

– Kompaniya O’zR qonunchiligida belgilab qo’yilgan jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirish (tozalash), terrorchilikni moliyalash va ommaviy qirg’in qurollari tarqatishni moliyalash oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida o’ziga berilgan vakolatni bajarish uchun istalgan shaxsiy ma’lumot ishlanishiga, shu jumladan Mijoz haqidagi maxsus shaxsiy ma’lumotni ishlashga rozilik beradi.

– O’zR qonunchiligi doirasida Kompaniyaga istalgan manbadan, istalgan miqdorda va istalgan vaqtda Mijoz haqida Kompaniyaga kerak bo’ladigan istalgan ma’lumotni (shu jumladan, shaxsiy ma’lumotni) so’rash huquqini beradi.

– Kompaniya, unga bog’langan/affilirlangan shaxslar, Kompaniyaning huquqiy vorislari yoki Kompaniya vakolat bergan boshqa tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida, shu jumladan avtomatlashgan shaxsiy ma’lumotni ishlash vositalari bilan shaxsiy ma’lumot ishlanishiga rozi bo’ladi.

– Istalgan bir usulda u bilan aloqada bo’lish, shu jumladan, telefon qilish, SMS xabar jo’natish va/yoki elektron xat yuborish uchun o’zining kontakt ma’lumotidan foydalanishga rozi bo’ladi.

– Kompaniya xodimlari ishiga baho berish uchun, shuningdek, nizoli holatda foydalanish maqsadida u bilan telefondagi gaplashish yozib olinishiga rozi bo’ladi. Shu bilan birga, Kompaniya Mijoz bilan suhbatni boshlashdan oldin, uni suhbatning yozib olinshi haqida xabardor qiladi.

Ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar O’zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomalar yuzasidan paydo bo’ladigan yoki ular bilan bog’liq hamma nizolarni Tomonlar o’zaro kelishib hal qilishga harakat qilishadi. Tomonlar kelishib hal qilolmagan nizo O’zR amal qiladigan qonuniga muvofiq hal qilish uchun Kompaniya ro’yxatga olingan joydagi sudga topshiriladi.

Agar Oz’R amal qiladigan qonunlariga muvofiq Qoidalarning biror me’yori haqiqiy deb e’tirof etilsa yoki qonuniy kuchga ega emas, deb tan olinsa Qoidalarning boshqa me’yorlari to’liq kuchini saqlab qoladi va amal qilishda davom etadi. Bunday holda Kompaniya amal qilmaydigan, noqonuniy yoki bajarish mumkin bo’lmagan me’yor o’zaro maqbul, qonuniy va huquqiy kuchga ega bo’lgan me’yor bilan almashtiriladi.

Ushbu Qoidalarning o’zbek, rus va ingliz tillaridagi matnida biror farq bo’lsa o’zbek tilida yozilgan matnga ustunlik beriladi.

 

Qo’llangan atamalar

Shaxsiy ma’lumot

 

elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy vositada turadigan, ma’lum bir jismoniy shaxsga oid yoki uning kimligini bilish imkonini beradigan ma’lumot

Shaxsiy ma’lumotni ishlash

 

shaxsiy ma’lumotni yig’ish, tartibga solish, saqlash, o’zgartirish, to’ldirish, undan foydalanish, taqdim etish, tarqatish, topshirish, shaxssizlantirish va yo’q qilish bilan bog’liq bitta yoki bir qancha umumlashgan harakatni amalga oshirish

Shaxsiy ma’lumot turadigan baza operatori (operator)

 

shaxsiy ma’lumotni ishlaydigan davlat organi, jismoniy va (yoki) huquqiy shaxs

Shaxsiy ma’lumot subyekti

 

shaxsiy ma’lumot tegishli bo’lgan jismoniy shaxs

 

Umumiy qoidalar

Sir saqlash siyosatining maqsadi – O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan, «Shaxsiy ma’lumot to’g’risida»gi Qonunga muvofiq «MIKROMOLIYA TASHKILOTI OASISCREDIT» mikromoliya kompaniyasida (bundan keyingi o’rinlarda OASIS deyiladi) siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot qanday ishlanishini tushuntirish hisoblanadi.

Shaxsiy ma’lumot subyekti bo’lganingiz uchun quyidagi hollarda OASIS bilan birga ishlashingiz mumkin:

– mijoz sifatida (shartnoma munosabatlari tugaganidan so’ng ham) va bo’lg’usi mijoz sifatida;

– mijozning vakili, kafili va/yoki garov beruvchisi sifatida;

– OASIS bir marta bitim tuzadigan shaxs sifatida;

– bog’lanadigan shaxs, ishlovchi va/yoki mijoz tayinlagan jismoniy shaxs sifatida (shartnoma munosabatlari tugaganidan so’ng ham);

– OASIS xodimi, shu jumladan, unda ishlashga nomzod sifatida;

– OASIS web sahifasiga keluvchi sifatida;

– OASIS nomiga murojat topshirgan va yuqorida aytilgan toifalarga kirmaydigan jismoniy shaxs sifatida.

 

Siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni ishlashdan maqsad

Yuqorida aytilgan hollar OASIS quyidagi maqsad bilan siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni oladi (to’playdi) va ishlaydi:

– siz bilan o’rnatiladigan munosabatni boshaqarish, xususan, maxsulot va xizmat taklif etish;

– Bir tomoni siz, boshqa tomoni esa OASIS bo’lgan shartnoma(lar)ni bajarish;

– bevosita va bilvosita marketing maqsadida, shu jumladan, siz yoki boshqa mijozlar OASIS mahsuloti yoki xizmatlaridan qanday foydalanayotganini bilish uchun;

– pul bilan bog’liq operatsiyalar xavfsiz bo’lishini ta’minlash uchun: kassadagi ish, pul o’tkazish, kartalar bilan ishlash, POS terminallar, to’lov terminallari ishlashi va hk.

– qarzni undirish, shu jumladan, sudda yoki boshqa organlarda o’ziga berilgan huquqdan foydalanish yoki uni himoya qilish;

– OASISning ishi, mahsuloti, xizmati yoki xodimlariga nisbatan so’rov berish, murojat qilish, shikoyat topshirish, e’tiroz bildirish yoki surishtirish o’tkazish;

– moliyaviy jinoyatlar, qalloblik qilish holatlarini topish, surishtirish, hisobini yuritish va oldini olish;

– O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlarini bajarish.

ESINGIZDA BO’LSIN! Yuqorida aytilgan shaxsiy ma’lumot ishlanadigan hollarning birortasi ham sizning manfaatingizga zarar yetkazishni maqsad qilmagan. Shaxsiy ma’lumot Operatori  sifatida OASIS sir saqlash kafolatini beradi va quyidagi majburiyatlarni oladi:

– siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni sir saqlaydi va uni himoya qiladi;

– siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni noqonuniy maqsadda ishlatmaydi;

 

Kredit yoki qarz rasmiylashtirilganda siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot ishlanishi

Kredit so’rab bergan arizangiz bo’yicha qaror qabul qilganda OASIS siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotdan foydalanishi mumkin. Bu jarayon kreditni qaytarish imkoniyatini baholash deyiladi. Bunda siz haqingizdagi oldingi yillardagi ma’lumot ham olinishi mumkin.

Kredit olishga ariza berilganda OASIS kredit ma’lumotingizga baho beradi, shu jumladan, quyidagi maqsad bilan Kredit byurosiga o’xshash tashkilotlarga so’rov jo’natadi:

– olingan kredit majburiyatini bajarishga imkoniyatingiz borligi tasdig’ini olish;

– bergan ma’lumotingiz to’g’ri ekanini tekshirish;

– moliyaviy qalloblikni topish va oldini oish.

OASIS oldidagi kredit majburiyatini to’liq bajarganingizdan so’ng bu haqdagi ma’lumot ham Kredit byurosiga beriladi.

 

Shaxsiy ma’lumot turlari

OASIS quyidagi shaxsiy ma’lumotni ishlashi  mumkin:

Tanittiradigan ma’lumot

 

– familiya, ism. ota ismi

– jismoniy shaxsning shaxsiy tanittiradigan raqami (JSHSHTR)

– shaxsiy tanittiradigan hujjatining seriyasi va raqami

– tug’ilgan sanasi va joyi

– jinsi

– fuqaroligi

Bog’lanadigan ma’lumot

 

– ro’yxatga olingan va yashaydigan manzili

– telefon raqami

– elektron pochta manzili

– masofadagi aloqa vositalri uchun bog’lanadigan va tanittiradigan ma’lumot

– siz bilan muloqat qilganda OASIS siz jo’natadigan xatlardan, elektron xabarlardan oladigan boshqa bog’lanadigan ma’lumot

Ijtimoiy ahvol va oila haqidagi ma’lumot

 

– oilaviy ahvoli

– kasbi

– ishi

– ish joyi, ish beruvchining nomi

– kasbiy tayyorgarligi

– faoliyat turi

– egallagan davlat lavozimi

To’lovga qobiliyatini bilish uchun zarur bo’ladigan moliyaviy axborot

 

– daromad va xarajat turlari

– hisobingizga kelgan to’lovlar va hisobingizdan ketgan to’lovlar haqidagi ma’lumot

– kredit tarixingiz haqidagi ma’lumot

– Kredit byurosiga o’xshash tashkilotlar beradigan boshqa ma’lumot

– ko’chadigan/ko’chmaydigan mulk haqidagi ma’lumot

– boshqa ma’lumot

Shartnoma munosabatlari haqidagi ma’lumot

 

– OASIS va boshqa kredit hamda nobank kredit tashkilotlari sizga taklif etadigan mahsulot va xizmatlar haqidagi ma’lumot

– OASIS mahsuloti va xizmatlaridan qanday foydalanishingiz haqidagi ma’lumot

Suratingiz va ovozingiz haqidagi ma’lumot

 

– shaxsni tasdiqlaydigan hujjatlardagi surat yoki OASIS ofislaridagi video kuzatish kameralariga olingan surat

– ovoz, shu jumladan telefonda gaplashganda yozilgan ovoz

– mijoz sifatida OASIS reklama roliklarida ishtirok etishga rozi bo’lsangiz surat ham, ovoz ham

Maxsus shaxsiy ma’lumot

 

Ozbekiston Respublikasining «Shaxsiy malumot togrisida«gi Qonuni ba’zishaxsiy ma’lumot turiga, xususan quyidagi ma’lumotga, maxsus deb ta’rif beradi:

– insonning irqi yoki ijtimoiy kelib chiqishi haqidagi ma’lumot

– insonning siyosiy va diniy ishonchi yoki dunyoqarashi

– siyosiy partiyalar va kasaba uyushmaga a’zoligi

– jismoniy yoki aqliy sog’lig’i

– shaxsiy hayoti va sudlanganligi haqidagi ma’lumot

Bunday maxsus ma’lumotni OASIS faqat sizning yozma roziligingizni olgandan so’ngva faqat Qonunda belgilangan maqsadga aniq mos keladigan bo’lsagina ishlaydi.

 

Siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot ishlanishining qonuniy asosi

«Shaxsiy malumot togrisida«gi Qonun 18-moddasiga kora OASIS quyidagi hollardagina shaxsiy ma’lumotni ishlashga haqli bo’ladi:

– subyekt shu ma’lumot ishlanishiga ruxsat bersa, ya’ni, sizning roziligingiz olingan bo’lsa;

– subyekt bir tomoni bo’lgan shartnomani bajarish uchun shunday ma’lumot ishlanishi kerak bo’lsa yoki subyektning oz’i bunday shartnoma tuzishga bergan so’rov yuzasidan chora ko’rish zarurati bo’lsa;

– qonunchilikda belgilangan mulk egasi va (yoki) operator majburiyatini bajarishi uchun shunday ma’lumotni ishlash kerak bo’lsa;

– subyekt yoki boshqa shaxs qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun shunday ma’lumotni ishlash kerak bo’lsa;

– mulk egasi va (yoki) operator yoki uchinchi shaxsning huquqi va qonuniy manfaatlarini bajarish uchun shunday ma’lumot ishlanishi kerak bo’lsa yoki shaxsiy ma’lumot subyektlari huquqi va qonuniy manfaatlari buzilmasligi sharti bilan jamiyat uchun ahamiyatli bo’lgan maqsadga erishish uchun;

– shaxsiy ma’lumot kimga tegishli ekanini berkitish sharti bilan statistik yoki boshqa o’rganish o’tkazish maqsadida shunday ma’lumotni ishlash;

– agar ma’lumot ko’pchilik uchun ochib qo’yilgan manbadan olingan bo’lsa.

Qonunga ko’ra siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot qanday ishlanishi to’g’risida OASISdan quyidagi axborotni so’rashga haqqingiz bor:

– Siz haqingizdagi qanday ma’lumot ishlanishi;

– Siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot ishlanishining qanday qonuniy asosi borligi va ishlashdan maqsad nimaligi;

– Ma’lumot qanday ishlanishi va kimlarga berilishi.

Bundan tashqari, “Shaxsiy ma’lumot to’g’risida”gi Qonunga ko’ra agar noto’g’ri, noto’liq, eskirgan bo’lsa yoki ma’lumot qonunsiz to’plangan yoki ishlangan taqdirda o’zingiz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni o’zgartirish (shu jumladan, yangilash, qo’shimcha qo’shish), to’xtatib qo’yish, olib tashlash yoki yo’q qilishga haqli hisoblanasiz.  Biroq O’zbekiston Respublikasi qonunchilik me’yo’rlari siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot zudlik bilan olib tashlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.

Masalan, bunday cheklashlar jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirishga, terrorchilikni moliyalashga va ommaviy qirg’in qurollar tarqatilishini moliyalashga qarshi kurashga oid qonunchilik me’yorlari doirasida bo’lishi mumkin.

 

Siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot olinadigan manbalar

OASIS siz haqingizdagi ma’lumotni quyidagi manbalardan olishi mumkin:

O’zingizdan olingan ma’lumot:

– OASIS mahsuloti va/yoki xizmatlaridan foydalanishga ariza berganda ko’rsatilgan ma’lumot;

– OASIS xodimlari bilan telefonda gaplashganda yoki biror OASIS filialiga borganda olingan ma’lumot;

– OASIS web sahifalari va/yoki mobil ilovalaridan foydalangandagi ma’lumot;

– OASIS manziliga oddiy pochta bilan xat jo’natganda yoki elektron xabar yuborganda yozilgan ma’lumot.

Uchinchi shaxslardan ma’lumot olish:

OASIS uchinchi shaxslarning elektron bazasida turadigan va quyidagilardan iborat bo’ladigan, biroq faqat shuning o’zibilan cheklanmaydigan ma’lumotni so’rashga va olishga haqli bo’ladi:

– Kredit byurosi «Kredit ma’lumot tahlil markazi»;

– O’zbekiston Respublikasi Garov reyestri;

– Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali;

– O’zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumot portali.

 

«Cookie» fayllari yordamida olingan ma’lumot:

«Cookie» — siz kiradigan OASIS web sahifa (boshqa saytlar) brauzerida yaratilgan matn bo’lagi.

Web sahifa Cookie fayllar yordamida sizning kelishingiz haqidagi ma’lumotni saqlab qo’yadi, masalan, yozilganlarni qaysi tilda o’qishni istashingiz va/yoki boshqa ma’lumotni eslab qoladi. Natijada keyingi safar saytga kirganingizda uning ko’rinishi siz istagandek bo’lib turadi. Cookie fayllar juda muhim vazifani bajaradi. Ularsiz internetdan foydalanish ancha qiyin bo’lar edi.

OASIS Cookie fayllar to’g’risidagi, keluvchilar qaysi sahifalarni ko’rgani va web sahifada nimalar qilgani haqidagi, xususan esa quyidagi ma’lumotni to’playdi:

– IP manzil, vosita turi, operatsion tizim va saytga kirganda siz foydalangan brauzer;

– OASIS saytidan ochilgan sahifalar, bitta seansga sarflangan vaqt va boshqa ko’rsatgichlar;

– OASIS sahifasida siz bajargan harakat haqidagi ma’lumot: to’ldirilgan shakllar, ishlatilgan sayt interaktiv elementlari va hk.

– saytdagi kataklarni to’ldirish, to’ldirilgan vaqt va usul haqidagi ma’lumot.

ESINGIZDA BO’LSIN!

Saytdan foydalanishdan oldin Cookie faylni qabul qilishingiz va «Roziman» tugmasini bosib siz haqingizdagi ma’lumot olinishini tasdiqlashingiz mumkin.

Agar Cookie fayllardan foydalanish siyosatiga rozi bo’lmasangiz ham OASIS saytidan foydalanishgai mkoniyatingiz bo’ladi, lekin bunday harakat Cookie fayllardan foydalanishga rozilik sifatida qabul qilinadi.

Aga rCooki efayllarni cheklamoqchi bo’lsangiz yoki OASIS saytida ular to’xtatib qo’yilishini istasangiz brauzeringiz ko’rsatgichlarini o’zgartirib uni cheklashingiz yoki to’xtatishingiz mumkin. Biroq, esingizda bo’lsin, agar Cookie fayllar to’xtatib qo’yilsa yoki olib tashlansa OASIS taklif etadigan ba’zi xizmatlardan foydalanishning imkoni bo’lmaydi.

 

Uchinchi shaxslarga topshirib shaxsiy ma’lumotni oshkor qilish

Siyosatning 2-bobida ko’rsatilgan maqsadga erishish uchun, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi nazarda tutadigan hollarda, OASIS siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni bir qismini yoki hammasini quyidagi oluvchilarga topshirishi mumkin:

– ma’lum bo’limlarda ishlaydigan o’z xodimlariga;

– bankdan tashqari kredit faoliyatini nazorat qiladigan davlat muassasalariga;

– davlat organlariga (masalan, Davlat soliq komitetiga yoki O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga);

Kredit byurosi turida tashkil etilgan muassasalarga:

– sud ijrochilariga, davlat notariusiga, auditorlarga;

– sud instansiyalariga;

– shartnoma tuzib ishlaydigan hamkorlarga va xizmat yetkazuvchilarga: nashr etish xizmati, IT va telekommunikatsiya, qarz undiradigan xizmatlarga, turli autsorsing kompaniyalariga  (OASIS funksiyalarining bir qismi bilan shug’ullanadigan tashqi kompaniyalarga) va hk.

Bundan tashqari OASIS biznesi yoki aktivlarining bir qismini sotish, topshirish yoki birlashtirish haqida qaror qabul qilishi mumkin, bu esa o’z navbatida siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot to’liq yoki qisman uchinchi shaxslarga (huquqiy vorislarga, hamkorlarga va hk.) topshirilishiga olib kelishi mumkin.

Biroq ma’lumot topshirilishidan oldin OASIS tanlanadigan uchinchi shaxslar tegishli tartibda o’rganadi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumot sir saqlanish majburiyatini shu tashkilotga topshiradi.

 

Shaxsiy ma’lumot saqlanadigan muddat

Qonun talablariga muvofiq shaxsiy ma’lumotni saqlash (shujumladan, arxivlash) muddati uni to’plash va ishlashdan kutilgan maqsadga erishilgan sana bilan belgilanadi va ma’lumot turiga qarab bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan:

– kredit olishga bergan arizangizda ko’rsatilgan ma’lumot, shu jumladan, pulni tozalash va terrorizmga qarshi kurash maqsadida ishlangan axborot, agar ariza rad etilgan bo’lsa, kredit olishga ariza imzolangan kundan boshlab 3 yil saqlanadi, agar kredit olishga ariz atasdiqlanib kredit kelishuvi tuzilgan bo’lsa, kredit munosabatlari to’xtagan kundan boshlab 5 yil OASIS da saqlanadi.

– ishga olish maqsadida ishlangan ma’lumot nomzodni ishga olish tugaguncha OASISda saqlanadi.

– ma’lumot subyektining roziligi bilan reklama xabari berish maqsadi bilan ishlanganma’lumot OASIS bilan hamkorlik tugaguncha yoki rozilik bekor qilinguncha ishlanadi.

Siz istalgan vaqtda o’zingiz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotdan foydalanish cheklanishini talab qilishingiz, yoki saqlash uchun qonuniy asos yo’qligini ko’rsangiz OASISdan o’zingiz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotni olib tashlash, o’chirish yoki foydalanmaslikni talab qilishingiz mumkin.

 

Yakuniy qoidalar

Sir saqlash siyosati va shaxsiy ma’lumotni ishlashga tegishli biror savolingiz bo’lsa quyida ko’rsatilgan aloqa kanallariorqali OASIS xodimlari bilan bog’lanishingiz mumkin.