Kredit nazorati mutaxassisi quyidagilarni ta’minlash maqsadida kredit berilgandan keyingi bosqichlarda mijozlarni tekshirish uchun mas’uldir:

• firibgarlik operatsiyalarida shubha yo‘qligi;
• mijoz profiliga mosligi;
• Kompaniya siyosati va tartib-qoidalariga rioya qilinishi.

Xodim profiliga qo‘yiladigan asosiy talablar:

• Oliy ma’lumot;
• Bank/mikrokreditlash sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi;
• Ko‘p vazifalilik, vaqtni boshqarish va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
• O‘zini nazorat qilishning yuqori darajasi;
• Kredit mijozlari, loyihalarni baholash va statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda yuqori tahliliy ko‘nikmalar;
• Tafsilotlarga e’tiborlilik, natijaga yo‘nalganlik;
• Jamoada ishlash qobiliyati;
• Mamlakat ichidagi qisqa muddatli xizmat safarlariga tayyorlik;
• MS Office dasturlaridan (Word, Excel, PowerPoint) foydalanishning ishonchli darajasi;
• Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish.

Asosiy majburiyatlari va vazifalari:
• Kreditni berish keyingi bosqichlarida mijozlarni tekshirish, xususan:
o mijozlarning biznes yuritish joylariga tashrif buyurish;
o mijozlarga (biznes mijozlarga va chakana savdo – jismoniy shaxslarga) qo‘ng‘iroq qilish;
o kredit hujjatlarini tekshirish;
o muayyan mijozlar bo‘yicha kredit jarayonining alohida bosqichlarini nazorat qilish;
• Kompaniya xodimlari va ularning rahbarlari bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan muloqot olib borish
• Kredit jarayonlariga jalb etilgan xodimlarning ish sifatini baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa choralarni ko‘rish
• Kompaniyaning kredit jarayonlari sifatini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra muntazam yangilab borish
• Tashqi (mijozlar, uchinchi shaxslar tomonidan) hamda ichki (Kompaniya xodimlari tomonidan) firibgarlikka oid shubhali holatlarni tekshirish
• Kredit jarayoni sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlar va dolzarb ma’lumotlarni, shuningdek, aniqlangan shubhali holatlar va ular yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish

• Maxfiylik qoidalariga rioya qilish va firibgarlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish
• Kompaniyada kredit jarayonlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etish.