UMUMIY QOIDALAR
«MIKROMOLIYA TASHKILOTI OASIS CREDIT» mikromoliya tashkiloti mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Xorijiy korxonasining Moliya xizmati ko’rsatish Qoidalari (bundan keyingi o’rinlarda «Qoidalar» deyiladi) jismoniy va yuridik shaxslarga, yakka tadbirkorlarga shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (bundan keyingi o’rinlarda «Mijoz», Kompaniya bilan birga kelganda esa «Tomonlar» deyiladi) rasmiy ommaviy taklifi (ofertasi) hisoblanadi.
Qoidalar Kompaniya taklif etadigan, shu jumladan onlayn bajariladigan moliya xizmatini ko’rsatish tartibi va shartlarini belgilab qo’yadi hamda moliya xizmatidan foydalanganda Tomonlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.
Tomonlar o’rtasidagi munosabatlar ushbu Qoidalar va quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi:
Moliya xizmati ko’rsatish haqidagi Bosh shartnoma;
Alohida moliyaviy xizmatlar haqidagi shartnomalar (shu jumladan, kredit shartnomasi, mikroqarz shartnomasi va boshqa shartnomalar);
Ta’minlash shartnomalari (kafolat shartnomasi, garov shartnomasi, boshqa shartnomalar);
Mijoz ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqadi va 1.3-bandda aytilgan hujjatlarni imzolab/tasdiqlab Qoidalar bilan tanishganini va ularga rozi ekanini hamda Mijoz Kompaniyaga taqdim etgan ma’lumot ishonchli, to’g’ri va to’liq ekanini tasdiqlaydi.
ATAMALAR, TA’RIFLAR VA QISQARTMALAR
– Bosh shartnoma – Tomonlar imzolaydigan va kredit berishdagi asosiy cheklashlar bilan bir qatorda moliya xizmatining boshqa ahamiyatli shartlarini belgilab qo’yadigan hujjat. Ushbu Qoidalar Bosh shartnomaning ajralmas bir qismi hisoblanadi.
– Imtiyozli davr – Kredit asosiy qarzi qaytarilmaydigan va/yoki Kreditdan foydalangani uchun foiz olinmaydigan yoki shartnomada yozilgan vaqtinchalik boshqa alohida shartlar qo’llanadigan davr.
– Qonunchilik – qo’llanadigan qonun hujjatlari va me’yorlar hamda O’zbekiston Respublikasi huquqiy tizimiga qo’shilgan xalqaro kelishuv va shartnomalar majmuasi.
– Qarz oluvchi –moliya xizmati ko’rsatiladigan Mijoz.
– Garov – Kredit bo’yicha o’zining hozirgi yoki keyingi majburiyatini ta’minlash uchun Mijoz Kompaniyaga topshiradigan ko’chadigan yoki ko’chmas mulk.
– Garov beruvchi – Mijoz olgan Kredit majburiyatini ta’minlash uchun Kompaniyaga garov beradigan jismoniy yoki huquqiy shaxs (Mijoz yoki uchinchi shaxs).
– Kredit – Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomalarga ko’ra Kompaniya Mijozga bergan kredit, mikrokredit, mikroqarz yoki iste’mol krediti ko’rinishidagi kredit mablag’i (yoki boshqa kredit mahsulotlari).
– Mikroqarz – haqini to’lash, vaqtida uzish va qaytarish sharti bilan tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan maqsad uchun jismoniy shaxsga beriladigan pul mablag’i.
– Mikrokredit – qaytarish, to‘lovning ta’minlanganligi, muddatliligi shuningdek, kredit shartnomasida nazarda tutilgan hollarda ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanish shartlari bilan qarz oluvchiga – tadbirkorlik sub’ektiga yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga taqdim etiladigan pul mablag’i.
– Iste’mol krediti – haqini to’lash, vaqtida uzish va qaytarish sharti bilan iste’mol ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida tovar (ish, xizmat) sotib olishi uchun jismoniy shaxsga (iste’molchiga) beriladigan kredit.
– Kredit shartnomasi – Kredit berish haqida Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnoma. Kredit shartnomasi Bosh shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi (Tomonlar o’rtasida Bosh shartnoma tuzilgan bo’lsa). Bu shartnoma shartlari orasida qarama-qarshilik bo’ladigan hollarda Kredit shartnomasidagi shartlar ustun huquqqa ega hisoblanadi.
– Kreditni qaytarsh imkoniyati – Qarz oluvchining Kredit bo’yicha olgan majburiyatini (asosiy qarz va foizlarni) to’liq va vaqtida bajarishga imkoniyati borligi.
– Ma’lumot markazi (Call-центр) – mijozlardan keladigan qo’ng’iroqlarni qabul qilib va ishlaydigan, Kompaniya mahsuloti va xizmatlari haqida ma’lumot beradigan hamda Mijozlarga xizmat qilish maqsadida Kompaniya belgilab beradigan boshqa xizmatlarni bajaradigan Kompaniya bo’linmasi yoki xizmati.
– Asosiy qarz – Mijoz olgan kreditlar summasidan iborat bo’lgan (foiz hisoblanmagan) va hali qaytarilmagan Mijoz Kompaniyadan qarzdorligining bir qismi.
– Shaxsiy ma’lumot – elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy vositada turadigan, ma’lum bir jismoniy shaxsga oid yoki uning kimligini bilish imkonini beradigan ma’lumot.
– Kafillik– qarz oluvchi kredit majburiyatini bajarmagani uchun javobgarlikning bir qismi uchinchi shaxs – kafilga o’tadigan Kreditni ta’minlash usuli.
– Uchinchi shaxs – O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Mijoz va Kompaniyadan tashqari istalgan bir jismoniy yoki huquqiy shaxs.
– O’zR – O’zbekiston Respublikasi.
MOLIYA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH SHARTI VA TARTIBI
Ushbu Qoidalar Mijoz va Kompaniya o’rtasidagi moliyaviy xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq munosabatlarni, Mijoz tomonidan mikrokredit, mikroqarz, kredit olish (bundan keying o’rinlarda umumiy “Kredit” tushunchasi ishlatiladi) lizing, kafolatlar, faktoring xizmatlari va islomiy moliya xizmatlari, iste’mol kredit olish, hamda mikromoliyalashtirish bilan bog’liq hisoblar ochish, ularni yuritish va berkitish xizmatlari, Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat bilan bog’liq konsalting va axborot xizmatlarini ko’rsatishni tartibga soladi.
Kreditning umumiy shartlari shu bandda belgilanadi, uning alohida shartlari esa Tomonlar o’rtasida tuziladigan alohida Kredit shartnomasida belgilab qo’yiladi.
Kreditning turlari
|
– Kompaniyaning https://oasis.uz/ manzilidagi saytida yozilgan
|
Kreditning maksimal miqdori/chegarasi
|
– Mikroqarz: 30 million so’mdan oshmaydigan miqdorda – Iste’mol krediti: 30 million so’mdan oshmaydigan miqdorda – Mikrokredit: 300 million so’mdan oshmaydigan miqdorda – Kredit: maksimal miqdori individual ravishda belgilanadi
|
Kredit beriladigan maksimal muddat
|
– Mikroqarz: 18 oydan oshmaydigan miqdorda – Iрste’mol krediti: 18 oydan oshmaydigan miqdorda – Mikrokredit: 48 oydan oshmaydigan miqdorda – Kredit: 60 oydan oshmaydigan miqdorda
|
Kredit berilgan sana
|
– Qarz oluvchining Kompaniyadagi ssuda hisobiga pul o’tkazilgan kun
|
Kredit berishga asos
|
– Qarz oluvchining Kredit so’ragan arizasi (kredit olishga ariza)
|
Foiz stavkasining turi
|
– O’zgarmas
|
Foiz stavkasini hisoblash usuli
|
– Foiz Mijozning Kompaniya oldidagi uzilmagan majburiyatiga hisoblanadi va yiliga 365 kun olinib Kreditdan haqiqatda foydalangan kunlarga hisoblab chiqariladi.
|
Kreditni qaytarish usuli
|
– Har oy bir hil to’lov (annuitet to’lov) bilan qaytariladi – Imtiyozli davrni belgilash imkoniyati bo’ladi.
|
Kreditni qaytarish navbati
|
– Penya, jarima va boshqa jarima to’lash turlari – Kreditdan foylangani uchun foiz to’lash vaqtini o’tkazib yuborish – Asosiy kreditni qaytarish to’lovi vaqtini o’tkazib yuborish – Kreditdan foydalangani uchun hisoblangan foizlarni to’lash maqsadida bo’ladigan joriy to’lovlar – Asosiy qarzni qaytarish uchun bo’ladigan joriy to’lovlar
|
Kredit qaytariladigan sana
|
– Kredit majburiyati miqdoridagi mablag’ Kredit beruvchining tegishli hisobiga kelib tushgan kun. – Agar Kredit qaytariladigan sana dam olish, bayram yoki boshqa ish bo’lmaydigan kunga to’g’ri kelsa hamma to’lovlar keyingi ish kuni o’tkazilishi kerak.
|
Qarz oluvchining o’rniga Kreditni qaytarish huquqi
|
– Istalgan bir uchunchi shaxs, shu jumladan Kafil va/yoki Garov beruvchi
|
Kreditga beriladigan garov
|
– Avtotransport, jihozlar, tijorat va/yoki turarjoy binosi
|
Garovni rasmiylashtirish xarajati
|
– Qarz oluvchi va/yoki Garov beruvchi to’laydi
|
Kredit quyidagi shartlar bajarilganda beriladi:
– Qarz oluvchining moliyaviy ahvoli Kredit olish uchun Kompaniya belgilab qo’ygan talablarga to’g’ri keladi;
– Qarz oluvchi, uning Kafillari, Garov beruvchilari Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomani bajarish uchun zarur bo’ladigan ishonchli va to’liq ma’lumot va/yoki hujjatlarni tegishli ko’rinishda va belgilangan muddatda taqdim etish borasidagi Kompaniya talablarini bajarishdi;
– Kredit berish haqida qaror qabul qilganda Qarz oluvchining Kompaniyaning xabari bo’lmagan uchinchi shaxslardan qarzi yo’q;
– Qarz oluvchining, Kafillarining, Garov beruvchilarining Kredit berish haqida qaror qabul qilganda Kompaniyaning xabari bo’lmagan sudda hal qilinayotgan yoki boshqa nizolari, jinoyat ishlari, o’zga majburiyati va salbiy jihatlari yo’q.
Kredit olish uchun Qarz oluvchi Kompaniyaga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
– Kredit olishga ariza;
– O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, yoki O’zbekiston Respublikasining qonuniy rezidentligini tasdiqlovchi boshqa hujjat (jismoniy shaxslar).
– Kredit olishdan oldingi hisobot davriga tuzilgan Qarz oluvchining buxgalterlik balansi (huquqiy shaxslar).
– Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko’ra ta’sischilar umumiy yig’ilishi yoki shu masalada qaror qabul qilishga vakolati bor boshqa organning Kredit olish haqidagi bayonnomasi (huquqiy shaxslar);
– Kompaniyaning o’zi ro’yxatini mustaqil belgilab qo’yadigan va Kredit berish haqida qaror qabul qilishdan oldin Mijozga ma’lum qiladigan boshqa
Mijoz Kompaniyaga topshiradigan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari hamda Kompaniyaning o’zi ishlab chiqqan talablarga mos bo’lishi kerak.
Mijoz kredit olishga ariza berib, zarur hujjatlarni topshirganidan so’ng Kompaniya 3 ish kunidan kechiktirmay Kredit berishga qaror chiqaradi yoki sababini ko’rsatib rad javobini beradi.
Kompaniya Qarz oluvchiga beradigan Kredit quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Jismoniy shaxslarga – naqd pulda beriladi, Qarz oluvchining plastik kartochkasiga yoki Qarz oluvchining kredit olishga yozilgan arizasida ko’rsatilgan mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga pul o’tkaziladi.
– Qarz oluvchi qarzni qaytarish uchun to’lovni, foiz va penyani Kredit beruvchining kassasiga naqd/naqdsiz pul to’lab/uning hisob raqamiga pul o’tkazib bajaradi. Qarz oluvchi asosiy qarz summasini va/yoki foizlarni hamda Kredit shartnomasi bilan bog’liq boshqa xarajatni elektron to’lov tizimlari orqali ham o’tkazishi mumkin. Shu bilan birga Mijoz elektron to’lov tizimlari oladigan komissiya haqini o’zi to’lashi kerakligini ham tushunadi.
Huquqiy shaxslarga – pul Kredit shartnomasida ko’rsatilgan Qarz oluvchining hisob raqamiga o’tkaziladi.
– Asosiy qarz va unga to’lanadigan foiz Qarz oluvchining hisob raqamidan yoki Qarz oluvchi O’zbekiston Respublikasida ochgan boshqa bir hisobdan ushbu Shartnomada ko’rsatilgan Kredit beruvchining hisobiga pul o’tkazib qaytariladi.
– Kredit shartnomasidagi majburiyati va Kreditorning Moliya xizmat ko’rsatish qoidalarini to’liq bajarganidan so’ng Kreditor 1 (bir) ish kuni ichida Qarz oluvchiga Kredit berish majburiyatini oladi.
– Kompaniya Kredit ta’minlanishini talab qilgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra tegishli tartibda rasmiylashtirilgan va ushbu shartnomada (garov shartnomasi, kafillik shartnomasida) ko’rsatilgan majburiyat ta’minlanishini topshirganidan so’ng Qarz oluvchiga kredit summasi beriladi.
Yakka tadbirkorlarga shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga – naqd pulda yoki Kredit shartnomasida ko’rsatilgan Qarz oluvchining hisob raqamiga pul o’tkazib beriladi.
– Kompaniya quyidagi hollarda Qarz oluvchiga Kredit berishni bir tomonlama to’liq yoki qisman rad etishi, shu jumladan, Kredit shartnomasi yoki Ta’minlash shartnomasi tuzilgan bo’lsa ham mablag’ berishni to’xtatib qo’yishi, shuningdek, olingan Kreditni vaqtidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli bo’ladi:
– Mijoz Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma majburiyatini bajarmasa/lozim darajada bajarmasa, shu jumladan, olingan Kredit majburiyatini bajarish muddatini 30 (o’ttiz) kalendar kunidan ortiq kechiktirgan bo’lsa;
– Mijoz 2.3 va 2.4-bandlarda ko’rsatilgan ma’lumotni berkitgan, noto’g’ri yoki noto’liq ma’lumot bergan bo’lsa.
– Kredit berishga qaror qilinganda e’tiborga olingan Mijozning kreditni qaytarish imkoniyatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashish xavfini paydo qiladigan holat bo’lsa yoki shunday holat yuzaga kelsa;
– O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari Kompaniya mikromoliya xizmati ko’rsatishni, xususan, kredit berishini ta’qiqlaydigan, cheklaydigan, jiddiy qiyinlashtiradigan yoki maqsadga muvofiq qilmaydigan qaror qabul qilsa.
– Kompaniyaning olingan Kreditni vaqtidan oldin qaytarish haqidagi talabi (bundan keyingi o’rinlarda «Talab» deyiladi) yozma rasmiylashtiriladi va Kompaniyaning ixtiyoriga ko’ra Qarz oluvchining qo’liga topshiriladi yoki pochtadan jo’natiladi.
– Mijoz Kompaniya tuzilgan shartnomalarda yozilgan, Kompaniyaning ma’lumot onborida va/yoki “Kredit axborot tahlil markazi” Kredit byurosi” MCHJ (bundan keyingi o’rinlarda “Byuro” deyiladi) ma’lumot onborida, Davlat kredit ma’lumoti reyestrida (Garov reyestrida) yoki ma’lumot berish bilan shug’ullanadigan boshqa tashkilotda, shu jumladan, moliya tashkilotlarida, mobil operatorlar va boshqalarda saqlanadigan o’zi haqidagi shaxsiy ma’lumotni ishlashiga rozi bo’ladi va shunga vakolat beradi.
– Bunday shaxsiy ma’lumot kreditni qaytarishga imkoniyati borligini bilish uchun ishlanadi hamda O’zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq operator, shaxsiy ma’lumot yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi uchun ochiq bo’ladi.
TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Mijozning huquqi:
Moliya xizmatini olish, undan foydalanish yoki ushbu Qoidalar, alohida tuziladigan Bosh shartnoma va Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan tartib va shartlarga muvofiq istalgan bir moliya xizmati olishni rad etishi mumkin;
Bepul asosda, Kredit shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab 14 (o’n to’rt) kalendar kuni ichida Kompaniyaga qog’ozda yoki elektron xabar jo’natib Kreditning foydalanmagan qismidan voz kechishi mumkin. Shunday bo’lganda Mijoz keyingi 2 (ikki) kalendar kuni ichida Kredit bo’yicha hamma majburiyatini to’lashi shart;
Olingan Kredit bo’yicha qarzini to’liq yoki qisman vaqtidan oldin qaytaradi;
Kredit shartnomasidagi Kredit, foiz va boshqa to’lovni to’lash vakolatini uchinchi shaxsga topshiradi;
O’zining huquq va majburiyatlari haqida to’liq va ishonchli ma’lumot oladi, shu jumladan, Kompaniyaning moliyaviy xizmati bilan bog’liq qanday xarajatlar bo’lishini biladi.
Mijozning majburiyati:
Ushbu Qoidalar hamda alohida tuziladigan shartnomalar (Bosh Kredit shartnomasi, ta’minlash, garov va hk.) bilan belgilab qo’yilgan Kredit majburiyatini vaqtida va to’liq bajaradi.
Moliya xizmatidan foydalanish va Kredit majburiyatini bajarish uchun zarur, shuningdek, Kompaniya O’zR qonunchiligida belgilab qo’yilgan jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirish (tozalash), terrorchilikni moliyalash va ommaviy qirg’in qurollar tarqalishini moliyalash oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi o’z vakolatini lozim darajada bajarishi uchun kerak bo’ladigan ma’lumot va/yoki hujjatlarni vaqtida va to’liq Kompaniyaga taqdim etadi.
Quyidagilarni bajarishdan oldin Kompaniyaning roziligini oladi:
– Mijozning Kredit bilan bog’liq majburiyati uchinchi shaxsga o’tishi mumkin bo’lgan harakatni amalga oshirish.
Quyidagi hollarning birortasi sodir bo’lganda va shunday hol sodir bo’lgandan so’ng 3 (uch) kalendar kunidan kechiktirmay Kompaniyaga qog’ozda yoki elektron xabar jo’natadi:
– Mijoz faoliyati tugatilsa yoki o’zgarsa:
– Mijozning shaxsiy ma’lumoti o’zgarsa (FIO, haqiqatda va/yoki ro’yxatga olingan yashash joyi, bog’lanadigan telefon raqami va hk.), shuningdek Kredit shartnomasi va Bosh shartnoma tuzilganda Mijoz Kompaniyaga bergan ma’lumot va hujjatlarda o’zgarish bo’lsa;
– Garovning holati yomonlashsa.
Kompaniya Kreditni vaqtidan oldin qaytarish haqida Talabni topshirgan yoki jo’natgan kundan boshlab 10 (o’n) kalendar kuni ichida Kreditning qolgan hamma qismini vaqtidan oldin qaytaradi.
Mijoz Kompaniyaga Bosh shartnoma va Kredit shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan Kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik, foizlar va/yoki boshqa to’lovlarni to’lash muddati kelganida Mijozning O’zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan har qanday hisobvaraqlaridan pul mablag’larini aktseptsiz, mutlaq, so’ssiz va nizosiz hisobdan chiqarish huquqini beradi.
Mijoz ushbu Qoidalar va alohida tuzilgan shartnomalar (Bosh shartnoma, Kredit shartnomasi, ta’minlash va hk.) bilan belgilab qo’yilgan Kredit majburiyatini buzishi munosabati bilan yuzaga kelgan zarar va xarajatni, shu jumladan, Kompaniyaning Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasi amal qilgan davrdagi va/yoki ular bilan bog’liq huquqini himoya qilishga tegishli xarajatini to’liq to’lab beradi/o’rnini qoplaydi.
Olingan kreditni faqat Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasi shartlarida ko’rsatilgan maqsadga muvofiq ishlatadi.
Kompaniya shuni talab qilsa va ta’minlash haqidagi shartnomalarda shu shart yozilgan bo’lsa Kreditni ta’minlash uchun berilgan ko’chadigan va/yoki ko’chmas mulkni kredit amal qiladigan muddatga, oldin Kompaniya bilan kelishib, moliyaviy barqaror sug’urta tashkilotida mavjud xavf turlaridan sug’urta qiladi. Bunday holda sug’urta shartnomasida foyda oluvchi sifatida Kompaniya ko’rsatiladi.
Kompaniyaga moliyaviy holatini, turar joyini, Kredit shartnomasiga ko’ra garovga qo’yilgan mulki haqiqatda mavjudligini tekshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Mijoz (to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita) quyidagilarga majburdir:
– Mijoz xodimlari va/yoki ijrochilarning (keyingi o’rinlarda “Xodim”/“Xodimlar” deb yuritiladi) birlashish va jamoa shartnomalarini tuzish huquqini cheklovchi harakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek Mijoz Xodimlarining birlashish va jamoa shartnomalarini tuzish huquqidan foydalanganligi munosabati bilan yuqorida ko ‘rsatib o’ tilgan shaxslarga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish, ishdan chetlashtirish, lavozimini pasaytirish, “qora ro’yxat” ga kiritish yoki xodimni boshqa ishga o ‘tkazish kabi ta’sir choralarini qo’llamaslik;
– mehnat sharoitlarini, eng kam ish haqi miqdorini, ish vaqtini, muhofazasi va xavfsizlik texnikasini, shuningdek voyaga yetmagan shaxslarni ishga qabul qilishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilish;
– har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– rasmiy yoki norasmiy ravishda o‘n besh 15 (o‘n besh) yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 118-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, hamda 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lmagan shaxslarni zararli yoki xavfli mehnat sharoitlarida ishlashga jalb qilmaslik;
– o‘z Xodimlariga o‘z vaqtida ish haqini to ‘liq miqdorda to’ lash, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ortiqcha ish vaqtida qo ‘shimcha to’ lovlar va ustamalar to‘lash;
– Xodimlardan haftasiga 40 soatdan ortiq (ortiqcha ish vaqtidan tashqari) ishlashni talab qilmaslik va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Xodimlarga haftalik dam olish imkoniyatini kafolatlash;
– O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga rioya qilish va uni buzmaslik.
Mijoz Kompaniyaning istisnolar ro’yhatiga muvofiq taqiqlangan faoliyatni amalga oshirmaslik majburiyatini oladi.
Kompaniyaning huquqi:
O’z xohishiga ko’ra va sababini ko’rsatib Mijozga har qanday moliya xizmati ko’rsatishni rad etadi;
Bosh shartnoma va Kredit shartnomasiga muvofiq Mijoz o’ziga olgan majburiyatni ta’minlash sharti bilan yoki bunday shartsiz moliya xizmati ko’rsatadi;
Mijoz ushbu Qoidalar yoki alohida tuzilgan shartnomalardagi (Bosh shartnoma, Kredit shartnomasi, ta’minlash va hk.) biror majburiyatini buzgan taqdirda Mijozdan pul majburiyatini vaqtidan oldin to’liq yoki qisman bajarishini talab qiladi.
Mijozga Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan neustoyka va/yoki boshqa jarimalar qo’llanishi, hisoblanishi va Mijoz ularni to’lashidan voz kechadi.
Mijozning moliyaviy ahvolini tekshiradi, uning kreditni qaytarishga imkoniyati borligini, ta’minotining holatini, Mijoz, unung Kafillari, Garov beruvchilari majburiyatlarini bajarishi mumkinligini o’rganadi.
Mijozdan moliyaviy ahvoli va to’lovga imkoniyati borligini tasdiqlaydigan hujjatlarni so’raydi.
Garov beruvchi garovga berilgan mulkni yaroqsiz holatga keltirgan yoki uning holatini bozor narxiga jiddiy ta’sir qiladigan va Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasida ko’rsatilgan Kompaniyaning moliyaviy talabini qanoatlantirmaydigan darajada ancha yomon qilgan bo’lsa Mijozdan qo’shimcha ta’minlash berishni yoki uni almashtirishni yoki esa Kredit summasini vaqtidan oldin qaytarishini talab qiladi.
Mijoz Kredit asosiy summasini, hisoblangan foizlarni vaqtida to’lab turmasa qonun ruxsat etadigan barcha va zarur vositalarni ishga solib, shu jumladan, qarzga berilgan mablag’, hisoblangan foizlar va Kompaniya boshqa xarajati o’rnini qoplash maqsadida garovga qo’yilgan mulkni undirish masalasida murojat qiladi va Mijoz Kredit shartnomasidagi majburiyatini bajarishi chorasini ko’radi. Agar garovga qo’yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag’ Kompaniya talabini qoplash uchun kamlik qiladigan bo’lsa yetmayotgan mablag’ni Mijozning boshqa mulkidan undirishga haqli bo’ladi.
“Jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirishga, terrorchilikni moliyalashga va ommaviy qirg‘in quroli tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni va O’zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq jismoniy (huquqiy) shaxsni identifikatsiya qilish uchun zarur choralarni ko’radi (operatsiyalarni to’xtatib qo’yish, to’xtatib turish va hk.).
Kompaniya o’zining xizmat standartlariga mos ishlashini bilish uchun, Mijoz va/yoki uning Kafili, Garov beruvchisini suhbat yozib olinishi haqida oldindan ogohlantirib tomonlar o’rtasida bo’ladigan telefon qo’ng’iroqlarini yozib oladi.
Quyidagi hollarda Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasini bir tomonlama bekor qiladi va Kredit summasini vaqtidan oldin qaytarishni hamda Kredit shartnomasi bilan ko’zda tutilgan foizlar bilan penya to’lanishini, Kompanyaga yetkazilgan zarar qoplanishini talab qiladi:
– Kredit shartnomasi tuzilgan vaqtdan so’ng bir oy ichida Mijoz Kreditdan foydalanmagan bo’lsa.
– Mijoz Kredit shartnomasida ko’rsatilgan ta’minlashni taqdim etmasa;
– To’lash vaqti kelganidan so’ng 30 (o’ttiz) kundan oshiq muddat ichida Mijoz Kredit summasini va hisoblangan foizlarni to’lash borasida o’ziga olgan majburiyatni bajarmasa;
– Mijoz yo’qolgan, narxi arzonlashgan yoki egalik huquqi o’zgargan kredit ta’minotini almashtirish yoki qo’shimcha kredit ta’minoti berish haqidagi hamda Garov shartnomasi yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi ko’zda tutadigan boshqa hollarda Kompaniya talabini bajarmasa;
– Mijozning moliyaviy ahvoli yomonlashsa va Kompaniya uni to’lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etsa;
– Mijoz yoki Garov beruvchi uchinchi shaxs kreditni ta’minlash uchun garovga berilgan mulkni lozim darajada saqlash majburiyatini bajarmagan bo’lsa;
– Mijozdan to’lovga qobiliyatsiz (bankrot) ekanini e’tirof etish talab qilingan va Mijoz shundan talab yoki qaror borligi haqida zuldik bilan Kompaniyaga xabar bermagan bo’lsa;
– Kredit summasini vaqtida qaytarishga to’sqinlik qiladigan holat yuzaga kelsa;
– ushbu Qoidalarning 3.2.11, 3.2.12-bandi buzilgan taqdirda.
– O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi nazarda tutadigan boshqa hollarda.
Kompaniya quyidagilarni bajarish majburiyatini oladi:
Mijoz so’raganda moliyaviy xizmat ko’rsatish sharti va tartibi haqida ma’lumot beradi, qanday hujjatlar kerakligini, shartnomalar tuzish va ularni ijro qilish qoidalarini, Kredit majburiyatini bajarish va Kredit haqidagi boshqa tafsilotni ma’lum qiladi.
O’zR qonunchiligi va/yoki xalqaro qonunchilik me’yorlari oshkor qilishni talab etadigan hollarni istisno qilganda Mijoz haqidagi sir saqlanadigan ma’lumot saqlanishi va oshkor bo’lmasligini ta’minlaydi.
Ushbi Qoidalar hamda alohida tuziladigan Kredit shartnomasi va Bosh shartnoma me’yorlariga muvofiq (agar tuzilgan bo’lsa) Qarz oluvchiga moliya xizmatini ko’rsatadi.
Qarz oluvchining lozim darajada bajarilgan pul majburiyatini qabul qiladi.
Mijoz Kredit shartnomasidagi majburiyatini bajarmagan yoki lozim dajarada bajarmagan taqdirda qonunchilik belgilagan tartibda garovga qo’yilgan mulki va qarzdorning boshqa mulkini undirish jarayoni boshlangani haqida Mijozga xabar beradi.
Bir Tomonning har bitta huquqiga boshqa Tomonning har bitta majburiyati mos bo’lishi chorasini ko’radi. Shu bilan birga Qoidalarda yozilgan huquq va majburiyatlar yakuniy hisoblanmaydi, Tomonlarning Bosh shartnoma, Kredit shartnomasi va O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi me’yorlaridan kelib chiqadigan boshqa huquq va majburiyatlari ham bo’ladi.
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
O’zR qonunchilik talablari, ushbu Qoida shartlari va alohida tuziladigan Bosh shartnoma hamda Kredit shartnomasiga muvofiq Tomonlar o’zlariga olgan majbiriyatni lozim darajada bajarmaganlik uchun javob berishadi.
Kredit bo’yicha pul majburiyatini qaytarish muddatini buzgani uchun Qarz oluvchi Kredit shartnomasida ko’rsatilgan miqdorda penya to’laydi.
Penya qaytarilmagan qarz summasidan olinib har bir kechikkan kun uchun, qarz to’liq qaytarilgan kunni ham qo’shib hisoblanadi.
Agar O’zR qonunchiligi bilan ma’lum shaxslar to’laydigan penyaning maksimal miqdori cheklab qo’yilgan bo’lsa bunday shaxslar uchun penya O’zR qonunchiligida belgilangan maksimal miqdordan oshirmay hisoblanadi.
Agar to’xtatib bo’lmaydigan kuch bilan bog’liq vaziyat qarz majburiyatini bajarish muddati o’tgandan so’ng yuzaga kelgan bo’lsa Qarz oluvchi majburiyatini vaqtida bajarmagani uchun javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Umumiy summasi bir yilda olingan qarz miqdorining yarmidan ko’pini tashkil qiladigan moliya xizmati ko’rsatish shartnomalariga foiz hisoblash, komissiya to’lovi olish, neustoyka (jarima, penya) undirish va boshqa javobgarlik choralarini ko’rish ta’qiqlanadi.
Neustoyka (jarima, penya) to’lanishi Tomonlarni Bosh shartnoma va/yoki Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan Tomonlar bajarishi kerak bo’lgan majburiyatdan ozod qilmaydi.
Kompaniya quyidagilar uchun javob bermaydi:
To’xtatib bo’lmaydigan kuch natijasida, shu jumladan quyidagilar sabab ushbu Qoidalar va alohida tuzilgan Bosh shartnoma va Kredit shartnomasida belgilab qo’yilgan majburiyatini bajarolmasa yoki lozim darajada bajarolmasa: elektr energiya o’chib qolishi, aloqa liniyalari shiksatlanishi, yong’in chiqishi va Kompaniyaning irodasidan tashqaridagi boshqa voqealar bo’lishi. Yuqorida aytilgan vaziyat va uning oqibati to’xtashi bilan Kompaniya Qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnomadagi majburiyatini bajarishga kirishadi.
Tijorat va bank siri hisoblanadigan axborot oshkor bo’lgani bois yetkazilgan zarar va boshqa salbiy oqibat uchun, agar Kompaniyaga bog’liq bo’lmagan sabab tufayli Qarz oluvchi haqidagi bunday shaxsiy ma’lumot uchinchi shaxslarga oshkor bo’lsa.
Kompaniya nazorat qiladigan doiradan tashqarida biror vaziyat sodir bo’lsa, masalan, davlat hokimiyati organlari, Markaziy Bankning harakati, qarorlari, elektr ta’minotida muammo bo’lishi, kommunikatsiyalar uzilishi, ish tashlashlar bo’lishi yoki Kompaniya xizmatidan foydalanadigan uchinchi shaxslarning harakati.
YAKUNIY QOIDALAR
Kompaniya bilan Mijoz o’rtasidagi aloqa og’zaki, yozma, elektron ko’rinishda yoki Ma’lumot markazi orqali bo’lishi mumkin.
Bir Tomon boshqa Tomonga jo’natadigan yozma xabarda Kredit olishga yozgan Arizada va/yoki Bosh shartnoma va Kredit shartnomasida ko’rsatilgan bog’lanish ma’lumoti yoziladi hamda xabar chopar (shu jumladan buyurtma xat bilan) shaxsan qo’liga topshiriladi, elektron pochtadan, mobil aloqa bilan (qisqa xabarlar xizmatidan), mobil ilova va/yoki Kompaniyaning o’zi keyinchalik belgilab qo’yadigan va quyidagi shartlar bajarilishi kerak bo’lgan boshqa aloqa vositalari bilan jo’natiladi:
– Mijoz Kompaniy nomiga shaxsan yoki chopar bilan jo’natgan xabarga Kompaniya devonxonasi kelish raqamini qo’yib ro’yxatga olgandan keyingina xabar yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Elektron pochtadan jo’natilgan xabar Kompaniya xabar olganini tasdiqlab javob yuborgan kuni olingan deb hisoblanadi.
Kompaniya Mijoz nomiga jo’natgan xabar (shu jumladan, buyurtma xat ham) Mijozga topshirilgan kuni yetkazib berilgan, deb hisoblanadi, lekin agar xabar yetkazib berilganining tasdig’i bo’lmasa keyingi kalendar kuni, ya’ni xabar Mijoz ko’rsatgan rasmiy manzilda turadigan boshqa bir insonga topshirilganda, xabar yetkazib berilgan, deb hisoblanadi.
Kompaniya Mijozga elektron pochtadan jo’natgan xabar Mijoz serveridan xabar yetkazilgani haqida rasmiy tasdiq olingan kuni topshirilgan, deb hisoblanadi. Agar bunday tasdiq olinmasa jo’natilgan kunning ertasi xabar egasiga yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Kompaniya Mijozga mobil aloqa bilan (shu jumladan, qisqa xabarlar xizmatidan) yoki keyinchalik Kompaniyaning o’zi belgilab qo’yadigan boshqa usul bilan jo’natgan xabarlar jo’natilgan kunning ertasi yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Ushbu Qoidalarga biror o’zgartirish qo’shiladigan bo’lsa Kompaniya o’zgarish yoki qo’shimcha kuchga kirishidan kamida 10 (o’n) kalendan kuni oldin bu haqda Mijozga xabar berish majburiyatini oladi. Bunday xabar xat bilan yuboriladi yoki shartnomada ko’rsatilgan Mijozning mobil telefon raqamiga SMS jo’natiladi, shuningdek oasis.uz manzilidagi Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon beriladi.
Agar 10 (o’n) kalendar kuni ichida Mijoz Qoidalarga qo’shilgan o’zgartirish va qo’shimchalarga qarshi ekanini ma’lum qilmasa yoki e’tirozi borligini aytmasa Mijoz o’zgartirishlarni qabul qilgan deb hisoblanadi.
Ushbu bilan Mijoz Kompaniyaning Sir saqlash siyosatiga hamda faqat shularning o’zi bilan cheklanmay quyidagilarga ham rozi ekanini ma’lum qiladi:
– Shaxsiy ma’lumot ishlanishiga, shu jumladan Kompaniya moliya xizmati ko’rsatish uchun, aynan esa Mijozning moliyaviy va mulkiy ahvolini, Mijoz uchinchi shaxslar bilan qanday ishlaganini tekshirish, bundan tashqari, Kompaniya statistik va/yoki marketing tadqiqotini o’tkazish va/yoki Kompaniya va uning hamkorlarining yangi mahsuloti/xizmatlari haqida ma’lumot berish uchun zarur bo’ladigan shaxsiy ma’lumot ishlanishiga rozi bo’ladi.
– Kompaniya O’zR qonunchiligida belgilab qo’yilgan jinoyatdan olingan daromadni qonunlashtirish (tozalash), terrorchilikni moliyalash va ommaviy qirg’in qurollari tarqatishni moliyalash oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida o’ziga berilgan vakolatni bajarish uchun istalgan shaxsiy ma’lumot ishlanishiga, shu jumladan Mijoz haqidagi maxsus shaxsiy ma’lumotni ishlashga rozilik beradi.
– O’zR qonunchiligi doirasida Kompaniyaga istalgan manbadan, istalgan miqdorda va istalgan vaqtda Mijoz haqida Kompaniyaga kerak bo’ladigan istalgan ma’lumotni (shu jumladan, shaxsiy ma’lumotni) so’rash huquqini beradi.
– Kompaniya, unga bog’langan/affilirlangan shaxslar, Kompaniyaning huquqiy vorislari yoki Kompaniya vakolat bergan boshqa tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida, shu jumladan avtomatlashgan shaxsiy ma’lumotni ishlash vositalari bilan shaxsiy ma’lumot ishlanishiga rozi bo’ladi.
– Istalgan bir usulda u bilan aloqada bo’lish, shu jumladan, telefon qilish, SMS xabar jo’natish va/yoki elektron xat yuborish uchun o’zining kontakt ma’lumotidan foydalanishga rozi bo’ladi.
– Kompaniya xodimlari ishiga baho berish uchun, shuningdek, nizoli holatda foydalanish maqsadida u bilan telefondagi gaplashish yozib olinishiga rozi bo’ladi. Shu bilan birga, Kompaniya Mijoz bilan suhbatni boshlashdan oldin, uni suhbatning yozib olinshi haqida xabardor qiladi.
Ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar O’zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomalar yuzasidan paydo bo’ladigan yoki ular bilan bog’liq hamma nizolarni Tomonlar o’zaro kelishib hal qilishga harakat qilishadi. Tomonlar kelishib hal qilolmagan nizo O’zR amal qiladigan qonuniga muvofiq hal qilish uchun Kompaniya ro’yxatga olingan joydagi sudga topshiriladi.
Agar Oz’R amal qiladigan qonunlariga muvofiq Qoidalarning biror me’yori haqiqiy deb e’tirof etilsa yoki qonuniy kuchga ega emas, deb tan olinsa Qoidalarning boshqa me’yorlari to’liq kuchini saqlab qoladi va amal qilishda davom etadi. Bunday holda Kompaniya amal qilmaydigan, noqonuniy yoki bajarish mumkin bo’lmagan me’yor o’zaro maqbul, qonuniy va huquqiy kuchga ega bo’lgan me’yor bilan almashtiriladi.
Ushbu Qoidalarning o’zbek, rus va ingliz tillaridagi matnida biror farq bo’lsa o’zbek tilida yozilgan matnga ustunlik beriladi.